O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 932 milliard so‘mdan oshgani ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, 2024-yil 1-aprel holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 million so‘mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 742 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi — 932,4 milliard so‘m. Shundan 355,1 milliard so‘mi, ya’ni 38,1 foizi soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari top-uchligi:
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI — 570 milliard so‘m;
Toshkent viloyati — 82 milliard so‘m;
Toshkent shahri — 44,7 milliard so‘m.
Izoh (0)