Andijon viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 25 foizga oshdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Andijon viloyati statistika boshqarmasi bu bo‘yicha maʼlumot bergan. 2024-yilning yanvar-mart oylari holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi 4 390 900 so‘mni tashkil etdi.
2023-yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqi 25,2 foizga oshdi.
Izoh (0)