O‘zbekiston kubogining guruh bosqichida Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qildi. 11 mingdan ortiq tomoshabin kuzatib borgan o‘yinga ko‘plab muxlislar keldi.
Vodiy derbisi kutilganidek shiddatli tarzda o‘tdi va “lochinlar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlardan Toma Tabatadze (penalti) va Yovan Jokich, mehmonlardan esa Armin Bosnyak gol mualliflariga aylandi.
Shu tariqa “Navbahor” jamoasi o‘z guuhida birinchi o‘rinni egalladi va muddatidan oldin kubokning pley-off yo‘llamasini qo‘lga kiritdi. “Daryo” ushbu o‘yindan fotogalereya tayyorladi.
Izoh (0)