Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K-O‘.” MCHJga qarashli o‘quv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B.ni Koreyaga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun o‘tkaziladigan koreys tili imtihonidan tanishlari orqali o‘tkazib berishi evaziga 10 ming dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)