Surxondaryoda asfalt ishlab chiqaradigan korxona faoliyati 10 kunga to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Denov tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida ekologik tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida korxona tasarrufidagi DS 117 2E markali asfalt beton ishlab chiqarish uskunasi ta’mirtalab ahvolda ekani aniqlandi. Natijada korxona texnik nosozligi sababli “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”dagi qonunning 4-24-moddalari talabi buzilgan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 86-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, korxona faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar 10 kun muddatga to‘xtatildi.
Izoh (0)