Bugungi kunda Mikrokreditbank tomonidan hududlarda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, ular faoliyatining uzluksizligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga keng e’tibor qaratilmoqda.
Xususan joriy yilda yangi ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlarga maxsus imtiyozli kreditlar ajratilishi joriy qilindi. Bunda, yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqib, milliy valyutada kreditlarni 2 foizgacha pasaytirilgan miqdorda ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bunda:
- 5 tadan 10 tagacha ishchi o‘rni – 1 foiz;
- 10 tadan 20 tagacha ishchi o‘rni – 1,5 foiz;
- 20 va undan ko‘p ishchi o‘rni – 2 foizga pasaytirib berilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yangi joriy qilingan bank mahsulotlaridan foydalangan mijozlarimizga 1 trln. so‘mga yaqin kreditlar ajratilib, 30 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
MKBANK tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi!
Murojaat uchun: 1285
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)