O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Florensiyaning Palazzo Pittidagi Uffitsi galereyasida “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” yirik ko‘rgazmasining “Nur va rang” nomli birinchi qismi ochilganini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ekspozitsiya tomoshabinlar eʼtiborini XX asrning birinchi yarmiga oid rus sharqshunos-ijodkorlari va milliy sanʼat maktabi vakillari asarlarida aks etgan Markaziy Osiyoning badiiy qiyofasiga qaratadi.
“Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar badiiy andozalarning vizual almashuvidan bahra olibgina qolmay, modern bilan Markaziy Osiyo xalqlari ijodi o‘rtasidagi qiziqarli muloqotga ham guvoh bo‘lishlariga ishonchim komil”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)