Leverkuzen ko‘chalaridan biri Xabi Alonso sharafiga nomlanishi mumkin.
“Bayer” ispaniyalik mutaxassis boshchiligida joriy mavsum Bundesligada 29 turdan so‘ng 79 ochko bilan muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu klub tarixidagi ilk chempionlik hisoblanadi.
Der Spiegel nashrining xabariga ko‘ra, leverkuzenliklar Alonsoni shaharning faxriy insonlari qatoriga qo‘shmoqchi. Shuningdek, ko‘chalardan biriga uning nomini bermoqchi.
Shahar hokimiyati ko‘chaning rasmiy nomi qanday bo‘lishi haqida bosh qotirmoqda. “Verder”ga qarshi chempionlik o‘yinidan oldin (5:0) muxlislar ko‘chadagi belgilar ustida “Xabi Alonso xiyoboni” yozuvini qoldirgan.
Izoh (0)