“O‘zgidromet” 14-aprel, yakshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 20-22 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)