Toshkent viloyati hokimi harbiy xizmatda halok bo‘lgan xizmatchilarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish uchun 241 million so‘m ajratdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
![](/static/2024/04/12/harbiy-koZvRmSG.jpg)
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatidagi harbiy xizmatda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 241 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Izoh (0)