Qashqadaryo viloyatida qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Toshkent shahrida qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun Mirishkor tuman IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Tumanning “Mirobod” MFYda yashovchi, fuqaro S.A. Mirishkor tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Toshkent shahar hududida qo‘lga olindi.
Izoh (0)