O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iyul oyida Qozog‘iston hududida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mamlakatlar mudofaa vazirlari tomonidan imzolangan qo‘shma rejaga muvofiq, Qozog‘istonning Aqtau shahrida “Birlestik—2024” (“Birlashish-2024”) qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish bo‘yicha konferensiya o‘tkazilgan.
Keng ko‘lamli mashg‘ulotlarni “Oymasha” poligoni hududlarida, shuningdek, Kaspiy dengizidagi Tokmak burnida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va bajarish lozim bo‘lgan vazifalar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)