• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Onamning xatosini takrorlamayman, deb o‘zimga so‘z berganman”. Otasi bilan munosabatlarini saqlab qola olgan va qo‘shiqchi bo‘lishni istamagan Nilufar Usmonova 37 yoshda (foto)

    Bugungi kunda o‘zbek shou-biznesidagi serfarzand ayol xonanda hisoblangan Nilufar Usmonova 37 yoshni qarshiladi. Ijod bilan birga besh farzandni tarbiyalayotgan xonanda sanʼatkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, bu sohani tanlashni istamagani haqida gapiradi.

    “Bolaligimda yolg‘izlanib qolardim”

    Yulduz Usmonovaning ilk turmush o‘rtog‘i sozanda Ibrohim Hakimov bo‘lgan. Ikki ijodkor qisqa turmushi davomida qiz farzandli bo‘lgan. Ammo maʼlum sabablarga ko‘ra, ular 1996-yili rasman ajrashgan. Nilufar Usmonova o‘z intervyularida to‘liq oilada ulg‘ayishni orzu qilgani va bolaligida ota-ona mehriga zor bo‘lgani haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Bolaligim Marg‘ilonda, buvimning hovlisida o‘tgan. Raʼno xolam onamdek mehr bergan bo‘lsa-da, bola baribir o‘z ota-onasini sog‘inar ekan. Xolalarimning o‘z farzandlari bor edi. Ular bilan birga o‘ynardik, urishib qolsak baribir o‘z singli, ukasi bilan birga bo‘lib olardi. Men esa yolg‘izlanib qolardim. O‘shanda “Hali bolalarim ko‘p bo‘ladi, hech kim ularni yolg‘izlatib qo‘ymaydi”, deganimda farishtalar “omin” degan ekan. Otamni ham, onamni ham yaxshi ko‘raman. Ajrashish ularning qarori. Qarorlarini hurmat qilgan holda ikkisiga ham bo‘lgan farzandlik mehrim saqlanib qoladi, — deydi Nilufar Usmonova.

    “Onamning xatosini takrorlamayman”

    Nilufar Usmonova onasining qattiqqo‘l bo‘lgani, u qilgan xatolarni takrorlamaslikka so‘z bergani haqida gapiradi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Bolaligimdan yumshoq tabiatli qiz bo‘lganman, shu bilan birga odamlar nazarida bo‘lishni yoqtirmasdim. Chunki notanish odamlar ham meni ko‘rsa “Yulduzning qizi” deb erkalashardi. Bu esa menga yoqmasdi. Onam nihoyatda qattiqqo‘l bo‘lgan, bolaligimda boshimni silab erkalaganini eslolmayman. Xato qilsam urishardi, kaltak yegan paytlarim ham bo‘lgan. Onam mendan katta odamdan talab qilinadigan ishni talab qilardi. O‘sha paytda undan ranjiganman, ammo ona bo‘lgach, uning qarorlari to‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim. Eng qizig‘i, nabiralaridan mendan talab qilganchalik, biror narsani so‘ramaydi. Men urishsam, “Bola-ku, sekin-sekin o‘rganadi” deydi.

    Onam qilgan xatolarni qilmayman, sanʼatni tanlamayman, deb o‘z-o‘zimga so‘z bergandim. Ammo bandaning emas, Yaratganning aytgani bo‘larkan, — deydi Nilufar Usmonova.

    “Qo‘shiqchilikka umuman qiziqmaganman”

    Nilufar Usmonova ilk marta 8 yoshida “Shaytonga bo‘ysungan yuraklar” nomli qo‘shiqni onasi bilan duet tarzida ijro etgan. Qo‘shiq Yulduz Usmonovaning 1995-yildagi konsert dasturi uchun maxsus yaratilgan, keyinroq unga klip ham suratga olingan.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Qo‘shiqchilikka umuman qiziqmaganman. Menga Toshkentda yashashdan ko‘ra Marg‘ilonda buvim bilan birga qolish qiziqroq edi. Toshkentda tezda zerikib qolardim. Ilk marta sahnaga chiqishim ham onamning xohishi bilan bo‘lgan, — deydi Nilufar Usmonova.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Xonanda boshlang‘ich taʼlimni Marg‘ilon shahridagi 18-sonli maktabda oladi. Undan so‘ng onasi Nilufarni Toshkentga olib kelib, til o‘rganishiga sharoit yaratadi. 10 yoshida uni Buyuk Britaniyaga o‘qishga yuborishadi, shu tarzda Nilufar Vinehall maktabi va Sherborn xalqaro kollejida tahsil oladi. Nilufar Usmonova 2001-yili O‘zbekistonga qaytib keladi va o‘rta taʼlimni xalqaro maktabda yakunlaydi.

    “Seni istamagan odamga intilma”

    Xonanda Nilufar Usmonova erta turmushga chiqqan. U 17 yoshida huquqshunos Novzod Saidgaziyev bilan oila qurgan. 2004-yilda xonanda ilk bor onalik baxtiga sazovor bo‘lgan. Xonandaning ilk turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Ajrashishimizning sabablari ko‘p. Men bir marta rasman nikohdan o‘tganman va ajrashganman. U inson olamdan o‘tib ketdi, yomon gaplar bilan eslashni istamayman. U besh qiz ichida o‘sgan yagona o‘g‘il farzand edi. Oilamni mustahkamlash uchun harakat qilganman, ammo onamning gaplari qattiq taʼsir qilgan. “Seni istamagan insonga intilib qadringni tushirma, hammasi taqdirdan”, degan. Qaynonam ham xuddi onamdek cho‘rtkesar ayol edi. O‘g‘liga “Yoqmayaptimi ajrash”, degan. Shunday bo‘lsa-da, bu insondan minnatdorman. Chunki bu nikoh aqlli o‘g‘lim Saidazamxonning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    “Ajrashganimdan keyin onam bilan ham yasholmaganman”

    Turmushdan ajrashgan Nilufar Usmonova ruhiy tushkunlikka tushadi. Onasi bilan jiddiy kelishmovchiliklarga borib, o‘g‘li bilan alohida yashashga qaror qiladi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Birinchi turmushim bo‘lmaganidan keyin, onam ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lganida o‘g‘limni olib, uydan chiqib ketganman. Chunki men onam aytgan insonga turmushga chiqishni xohlamaganman, sababi men boshqa insonni sevardim. Onam mashinamni olib qo‘yib, yashashim uchun uy bergan. O‘sha uyning sharoiti yaxshi bo‘lgani uchun men uni ijaraga berib, o‘zim sharoitsiz uyda yashaganman. Chunki bolamning bog‘chasiga, o‘zimning yurish-turishimga pul kerak edi. Baʼzan juda pul zarur bo‘lib qolganida, kosmetika sotadigan ayoldan tovar olib, xonanda dugonalarimga sotib, pul topganman, — deydi Nilufar Usmonova.

    “Ijara uyda o‘g‘limni tok urgan”

    Xonanda moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan kunlarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — O‘g‘lim Saidaʼzamxon kuni bilan bog‘chada bo‘lardi, kechki payt uyga kelganida tez tayyor bo‘ladigan lapshani yaxshi ko‘rgani uchun, shuni olib tayyorlab berardim. Bola shuni yeb uxlardi, ertalab yana bog‘chaga ketardi. Uyim shu darajada eski, sharoitsiz ediki, poldan linoleum yirtilib, sementi chiqib yotardi. Eski “Biryusa” muzlatkichi turardi. Uni ichida hech narsa bo‘lmasdi, deyarli. Faqat ovqat qilish uchun zarur bo‘lgan go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz bo‘lardi. Bir kuni Saidaʼzamxon o‘sha muzlatkichni ochgandi, tok urib, orqaga otib yubordi. Shu holat menga juda qattiq taʼsir qildi. Do‘stlar, tanish-bilishlar orqali to‘ylarga chiqa boshladim. To‘ylarga kirib, qistirilgan pulni olib, chiqib ketardim. Shunday qilib, men o‘zimni to‘ylarda “raskrutka” qilib olganman. Mening qo‘shiqlarim to‘y bop bo‘lmagani uchun kim qancha pul bersa, boraverganman o‘sha to‘yga.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Birinchi gonorarimga olgan eng qimmat narsa bu 1375 dollarlik muzlatkich bo‘lgan. “Chirindi” uyimda o‘sha qimmatbaho muzlatkich turardi. Bolamni tok urib yuborgani menga qattiq taʼsir qilgan, shuning uchun eng qimmatidan olganman, — deydi xonanda.

    Ajrimdan keyingi ruhiy tushkunlik

    Ruhiy tushkunlik va moddiy qiyinchiliklar uni ijod qilishga undaydi. 2005-yili “Bolam shu yurt seniki” nomli qo‘shiqni ijro etadi. Bu bilan onasiga ham nimanidir isbotlashni istagandi. Ammo qo‘shiq yaratish, ijodni boshlash oson emas. Shu bois u prodyuserlik kompaniyasiga murojaat qilib, hamkorlikni taklif qiladi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Birinchi marta to‘yga chiqishim juda qiziq kechgan. Do‘stim Jamshid Bobojonov “Shunaqa qilib o‘tiraverasanmi? Bolang uchun ham ishlashing kerak-ku”, — deb koyib bergan. Shundan keyin to‘ylarga chiqishni boshlaganmiz. Ammo faqat do‘stlarimizning to‘yiga borardik. Chunki hali tashqaridan to‘y oladigan darajada mashhur emasdim, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Nilufar Usmonova 2006-yili Toshkent davlat yuridik institutiga o‘qishga kiradi. Ammo u yerda o‘qish oson kechmaydi. 2009-yili oila qurgach, akademik taʼtil olishga majbur bo‘ladi. Chunki xonanda ketma-ket ikki o‘g‘il farzandli bo‘ladi. Xullas, akademik taʼtillar bir-biriga ulanib xonanda 2013-yilda o‘qishni yakunlaydi.

    “Yettita bolam bo‘lishini orzu qilaman”

    Hozirgi kunda Nilufar Usmonovaning besh nafar farzandi bor. Xonanda intervyularida yana farzand ko‘rish niyati borligini aytib keladi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Yettita bolam bo‘lishini orzu qilaman. Ular bir-biriga tirgak bo‘ladi. Besh farzandimni yolg‘iz tarbiyalayapman. Yolg‘iz ayollarga qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman. Besh bolaning taʼminoti uchun ham hamisha harakatdaman, — deydi u.

    “Parhez bilan ozishim qiyin”

    Nilufar Usmonova muntazam sport bilan shug‘ullanadi. Unga tug‘uruqdan so‘ng qomatini rostlash va ortiqcha vazndan xolos bo‘lish ham muammo emas.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Ko‘pchilik ayollar tug‘uruqdan so‘ng semiradi. Menda ham har bir farzandimni dunyoga keltirgach, vazn to‘plash bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Parhez qilishim qiyin. Shu bois ko‘proq suv, meva-sabzavotlarni isteʼmol qilib, tinimsiz sport bilan shug‘ullanaman. Chunki parhezda yog‘lar erishi passiv, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda esa faol bo‘ladi. Shu bois faqat parhezning o‘zi bilan kutilgan natijaga erishish qiyin, — deydi xonanda.

    “Hech qachon taqiq bo‘lmagan”

    Xonanda 2022-yili ilk marta yakkaxon konsert dasturini o‘tkazdi. U 15 yillik faoliyati davomida biror marta yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagandi.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    — Konsert berishimga hech qachon taqiq bo‘lmagan. Tan olaman, u paytlari yosh bo‘lganman, o‘yin-kulgiga o‘ch bo‘lganman. Bundan tashqari, farzandlarimning ketma-ket tug‘ilishi sabab konsert berishga o‘zimda kuch topolmaganman. Ijodkor konsert berish uchun ruhan tayyor bo‘lishi kerak ekan, — deydi Nilufar Usmonova.

    Foto: Instagram / @nilufarusmonova

    Nilufar Usmonova tadbirkorlikda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Hozircha uning tur firmasi va ro‘zg‘or buyumlari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘koni bor.

    09.04.2024, 13:40   Izoh (0)   187560
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mish-mishlar ichida yashayman” — 18 yoshida ona bo‘lgan, qo‘shiqchilikda omadi kelmagan va raqqosaligi sabab aktrisaga aylangan Zarina Nizomiddinova 35 yoshda (fo...

    02.04.2024, 11:50

    “Shunchalik xunukmanmi, nega rolga olishmaydi?” — aktyorlik mahorati past baholangan, birorta rolga tasdiqlanmagan va to‘rt yil ichida mashhur vaynerga aylangan Bo...

    03.04.2024, 14:45

    “Tilab olgan yagona farzandim xorijdagi shifoxonada qolmoqda”. Aktrisa Muhabbat Abdullayeva mudhish avtohalokatga uchragan qizi uchun yordam so‘radi (video)

    06.04.2024, 14:48

    Rol uchun ajoyib ko‘nikma va bilimlarni egallagan 12 nafar aktyor

    08.04.2024, 19:50

    Jahon kinosi yulduzlarining ilk rollari: mashhurlarni bolalik suratlaridan taniy olasizmi? (foto)

    08.04.2024, 17:45

    Olamshumul mashhurlikka erishgan, ammo keyinchalik ekranlardan g‘oyib bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.04.2024, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Biz Xomanaiyni yo‘q qilmoqchi edik” — Isroil mudofaa vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 16:30

    Sherdor madrasasi sirlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:30

    O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz uchun nisbatan qulay ob-havo bo‘ladi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 16:15

    Layklar ko‘p, yaqinlik kam: ijtimoiy tarmoqlar qanday qilib yolg‘izlik hissini kuchaytiradi?

    Layfstayl | 27 iyun, 16:15

    “Manchester Siti” O‘zbekistondan yana bir futbolchi sotib olishi mumkin

    Sport | 27 iyun, 15:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.