HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning singlisi Isroil janubida terrorizm bo‘yicha tergov doirasida hibsga olindi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.
![](/static/2024/04/01/photo_2024-04-01_11-20-46-ZZ0H4RJC.jpg)
Politsiyaning ma’lum qilishicha, Isroil fuqarosi Sabah Abdel Salam Haniya Isroil xavfsizlik agentligi ishtirok etgan tergov doirasida Tel-Sheva shahrida hibsga olingan. U “HAMAS faollari bilan aloqada bo‘lganlikda, Isroilda terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlaganlikda” gumon qilinmoqda.
Politsiya 57 yoshli ayol uyidan “hujjatlar, telefonlar, Isroil xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar” topilganini aytdi. Dohada yashovchi Ismoil Haniya HAMAS siyosiy byurosi rahbari. U 2017-yil Xolid Mash’alning o‘rniga HAMAS ijroiya qo‘mitasi rahbari lavozimini egallagandi. Ismoil Haniyaning uch singlisi Isroil janubidagi badaviylar yashaydigan Tel-Shevadagi katta aholi punktida istiqomat qiladi.
Izoh (0)