Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ISHID terrorchilik guruhiga aʼzolikda gumon qilingan 51 kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
“21 viloyatda ISHIDga qarshi o‘tkazilgan to‘rt kunlik operatsiya natijasida 51 kishi qo‘lga olindi”, — dedi vazir.
Operatsiyalar Istanbul va Antaliyada amalga oshirildi. Tintuvlar chog‘ida terrorchilik guruhlariga tegishli ko‘plab hujjatlar olib qo‘yildi.
Vazir avvalroq 2023-yil 1-iyundan 25-martgacha ISHID bilan hamkorlikda gumon qilingan 2,9 mingdan ortiq kishi ushlangani, ulardan deyarli 700 nafari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.
Shunga o'xshash operatsiyalar Turkiyada muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Avvalroq Hurriyet gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Anqara Moskva yaqinidagi Crocus City Hall binosiga hujum qilganlar haqidagi ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqani, Turkiya orqali Moskvaga kelgani aniqlangan terrorchilar bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar haqida Moskvani xabardor qilayotgani va axborot almashinuvini kengaytirishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)