“Al-Hilol” hujumchisi Neymar klubdan uni “Barselona”ga ijaraga berishni so‘radi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatidan tuzalgach, ispan klubida bir yil ijara asosida to‘p surmoqchi. Qayd etilishicha, klublar futbolchining transferi bo‘yicha hozircha hech qanday muzokara o‘tkazmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Hilol” ketma-ket 29 o‘yinda g‘alaba qozonib, Saudiya Arabistoni chempionatida 68 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda va ikkinchi o‘rinda borayotgan Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “An-Nassr” jamoasidan 12 ochko oldinda.
Joriy mavsumda Neymar barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.
Neymar avvalroq “Barselona”da o‘ynagan va Kataloniya klubi bilan Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.
Izoh (0)