Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim “Liverpul” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod hisoblanmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, “Liverpul” klubiga bosh murabbiyning “Sporting” jamoasidagi shartnoma bandi haqida bir necha hafta ilgari xabar berilgan.
39 yoshli mutaxassisning Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2026-yilgacha amal qiladi. Uning tovon puli esa 15 million yevro qilib belgilangan.
“Liverpul” 15 million yevroni to‘lashga tayyor, deya xabar berdi TeleFootball nashri. Tomonlar tez orada muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Mersisaydliklarni boshqarayotgan Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Hozirda “Liverpul” 28 uchrashuv natijasiga ko‘ra 64 ochko jamg‘argan holda Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Navbatdagi o‘yinda “Liverpul” Angliya Premyer Ligasida “Brayton”ga qarshi 31-mart, yakshanba kuni maydonga tushadi.
Izoh (0)