Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati 2024-yilgi chigitni ommaviy ekish boshlanishi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Maʼlum qilinishicha, chigitni ommaviy ekishni boshlash uchun agrometeorologik ko‘rsatkichlar quyidagilar bilan belgilanadi:
- o‘rtacha kunlik havo harorati doimiy ravishda 12-13 gradusdan o‘tganda;
- tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi o‘rtacha harorati tukli chigitlar uchun 11-13 gradus, tuksiz chigitlar uchun 14-15 gradus bo‘lganda;
- ekish chuqurligidagi (0-5 sm tuproq qatlamidagi) unumdor namlik zaxiralari 5 mm va undan ko‘p bo‘lganda.
1-14-mart kunigacha havo harorati o‘rtacha respublikaning chigit ekiladigan hududlarining katta qismida 4-9 gradusni, Qoraqalpog‘istonda 2 gradusni tashkil etdi. Chigit ekish uchun mo‘ljallangan dalalarda 8-martda unumdor namlikning zaxirasi 0-5 sm tuproq qatlamida respublikani paxta ekiladigan hududlarida 6-13 mm ni tashkil etdi.
Tez-tez yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) past haroratli fon tuproqning sezilarli isishiga yordam bermadi.
Aprel oyida kutilayotgan ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda, quyidagi muddatlarda chigitni ochiq maydonga ommaviy ravishda ekishni boshlash tavsiya etiladi:
- Surxondaryo viloyatida – 24-29-mart;
- Qashqadaryo viloyatida – 28-30-mart;
- Buxoro, Navoiy viloyatlarida – 31-mart – 1-aprel;
- Andijon viloyatida – 1-2-aprel;
- Farg‘ona, Namangan viloyatlarida – 2-3-aprel;
- Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida – 4-6-aprel;
- Samarqand viloyatida – 5-7-aprel;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6-8-aprel, janubiy tumanlarida – 4-6-aprel;
- Xorazm viloyatida – 5-7-aprel.
Izoh (0)