Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha Great Silk Way-2024 turniri hal qiluvchi pallaga keldi. Bugun, 28-mart kuni hal qiluvchi bahslar start oladi. Ba’zi vazn toifalarida o‘zbekistonlik bokschilarning qarama-qarshiligini kuzatilishi kerak edi. Biroq, shunday bahslarning ikkitasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.
Shu tariqa -75 kgda Saidjamshid Ja’farov - Javohir Ummataliyev o‘rtasidagi bahsda, Saidjamshid Ja’farov oltin medalga, Javohir Ummataliyev bo‘lsa kumush medalga ega chiqishdi.
+92 kg vaznda esa Bahodir Jalolov turnirni oltin medal bilan, Jahongir Zokirov bo‘lsa kumush bilan yakunladi.
Qolgan final juftliklari bilan tanishing:
-51 kg: Asilbek Jalilov - Mahdi Parvizi (Eron) 15:10;
-54 kg: Hujanazar Nortojiyev - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) 15:20;
-57 kg: Hudoynazar Fayzov - Shamil Askerov (Ozarbayjon) 15:30;
-63,5 kg: Abdulloh Ma'daminov - Tayfur Aliyev (Ozarbayjon) 15:50;
-71 kg: Bekzod Hamidov - Darhan Duisebay (Qozog‘iston) 16:10;
-80 kg: Rahmatilla Boymatov - Fazliddin Erkinboyev 16:30.
Izoh (0)