Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilar tufayli emu jabrlandi.
Hayvonot bog‘i mazkur jarayon aks etgan videoni e’lon qildi. Unda erkak ikki farzandi bilan qushni oziqlantirish uchun yemish tashlaganini ko‘rish mumkin. Emu mazkur ozuqani yemoqchi bo‘lganida boshi simto‘rga tiqilib qolgan. Qush qattiq tipirchilagancha boshini chiqarib olgan.
Toshkent hayvonot bog‘i bosh veterinar vrachi Mahmud Kuzibayevning ma’lum qilishicha, vaziyat og‘irligi uchun tezkor qaror qabul qilingan. Qush operatsiya qilingan, sababi qonni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Izoh (0)