Toshkent tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarni muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.R. xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 010 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini fuqaro I.Sh.ga 80,4 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 7 465 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)