Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/03/08/2024-03-08 20.44.47-Xt3tExoJ.jpg)
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar F.X. va S.I. Hamid Olimjon ko‘chasi 10-uy oldida hech qanday hujjatsiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlanib, ularning yonidan umumiy bahosi 280,2 mln so‘mlik jami 3 918 quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)