“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Qashqadaryo viloyat hududiy sho‘basi, Elektromagnit moslashuv xizmati hamda shahar IIOFMB 3-son ichki ishlar bo‘limi tomonidan viloyatning qator hududlarida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Alisher Navoiy” MFY hududida olib borilgan monitoring davomida, ushbu hududda joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida 2 (ikki) dona “BAOFENG BF888S” rusumidagi radiouzatish qurilmasidan ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat hududiy sho‘basi tomonidan ushbu huquqbuzarlik sabablari o‘rganib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan. Sud tomonidan yoqilg‘i quyish shoxobchasi rahbariga nisbatan jarima jazosi tayinlangan.
Izoh (0)