Finlyandiya Ukrainaga jangovar katerlarni sovg‘a qildi, ular Ruminiya orqali yetkaziladi.
Bu haqda Finlyandiyaning Yle portali “Interfaks”ga tayanib xabar bermoqda.
Shuningdek, Ruminiya 50 ga yaqin ukrainalik askarga katerlardan foydalanishni o‘rgatadi. Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis bu qaror haqida parlamentni xabardor qildi.
Jangovar katerlarning turi va soni aniqlanmagan. Finlyandiya rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam nimalardan iborat bo‘lishini to‘liq oshkor etmayapti.
Avvalroq Chexiya butun dunyo bo‘ylab Ukraina uchun 1,5 million snaryad topganini ma’lum qilgandi.
“Uchinchi mamlakatlardan sotib olingan snaryadlarning birinchi partiyasi yaqin haftalarda Ukrainaga kela boshlaydi”, — deb yozdi The Wall Street Journal nashri Chexiya rasmiylariga tayanib.
Izoh (0)