Afg‘oniston janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Associated Press xabar berdi.
Helmand departamenti hodisa 17-mart kuni kuni ertalab Helmand viloyatining Gerashk tumanida janubiy Qandahor va g‘arbiy Hirot viloyatlari o‘rtasidagi asosiy trassada sodir bo‘lganini ma’lum qilgan.
Mototsikl yo‘lovchi avtobusiga borib urilgan, keyin avtobus yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi yonilg‘i tashuvchi sisternaga borib urilgan, — dedi Helmanddagi yo‘l harakati boshqarmasi xodimi Qadratulloh.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 38 nafar yaradordan 11 nafari og‘ir jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Afg‘onistonda yo‘l-transport hodisalari, asosan, yomon yo‘l sharoiti va haydovchilarning e’tiborsizligi tufayli tez-tez uchrab turadi.
Izoh (0)