O‘zbekiston mis mahsulotlari AQSH va Meksikaga eksport qilina boshladi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unga ko‘ra, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar—fevral holati bo‘yicha deyarli 82 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3 foizga bajarilgan. Mahsulotlar kesimida tahlil qilinadigan bo‘lsa, 7,3 ming tonna mis mahsulotlari, 4,6 ming tonna rux metalli, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik iste’molchilarga yuborildi.
Kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Yildan yil mahsulotlar eksport geografiyasi kengaymoqda. Jumladan, 2023-yilda mis mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – AQSH, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlar o‘zlashtirildi.
Izoh (0)