11-mart kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida NATO Rossiya tomonidan alyansga aʼzo davlatlarga nisbatan hech qanday harbiy tahdid ko‘rsatmayotganini maʼlum qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
“Biz NATOning biron bir ittifoqchisiga nisbatan Rossiyadan hech qanday muqarrar harbiy tahdid ko‘rmayapmiz”, — degan Stoltenberg jurnalistlarga bergan intervyusida.
Xabarda aytilishicha, NATO rahbari Rossiya jiddiy xavf tug‘dirmayotganini aytishi bilan bir qatorda, alyans Rossiya tahdidlariga tayyor bo‘lishi va hushyor bo‘lishi kerakligini ham taʼkidlagan. Uning fikricha, hozirda Moskva Ukraina bilan ovora bo‘lgani uchun ham ittifoqqa tahdid solmaydi. Ammo kelgusida vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)