Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) Menni Pakyaoga qarshi taxminiy jang haqida gapirib o‘tdi.
“Men hamon u bilan jang qilishni xohlayapman. Dekabrda ringga ko‘tarilishimiz mumkin. Saudiyaliklar o‘yin qoidalarini 100 foizga o‘zgartirib yubordi”, — deb yozdi Makgregor o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021-yil iyul oyi Dastin Poryega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Porye texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.
Pakyao esa 2021-yilda WBC kamari uchun Yordenis Ugasga qarshi jangda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi.
Izoh (0)