Toshkent viloyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Abdurasul Abduhalilov Abdurashidovich savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi. U 1984-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik subyektida mas’ul vazifalarda ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi lavozimiga Sayyora Fayziyeva Mavlyanovna tayinlandi. U 1962-yili Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent viloyati bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, Furqat Muxayminov Abdujabbarovich Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi ichki va tashqi o‘simlar karantini boshqarmasida, shuningdek, Toshkent shahar O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi Chuqursoy chegara maskanida mudir vazifasida ishlagan. Tayinlovga qadar Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tashqi karantin bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Izoh (0)