Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatida 2023-yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.
2023-yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikaning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.
2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 million 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.
O‘zbekistonda 2023-yil sarhisobiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 14,1 foizdan 11 foizgacha pasaygandi. Aholi bandlik darajasini oshirish, ishsizlikni hal etish masalalari kambag‘allikni qisqartirishning taʼsir omillaridir.
Izoh (0)