Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, 23-fevral kuni Buvayda tumanida yashovchi fuqaroga tegishli Matiz rusumli avtomashina Qo‘qon shahar Turon ko‘chasida joylashgan kafe oldidan olib qochilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 19 yoshli L.T. sodir etgani aniqlangan va gumonlanuvchi ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Yuqoridagi shaxsdan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, IIOga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Farg‘onada “moyka” xodimi Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rgani borish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochgani, Toshkentdagi mashina yuvish shoxobchasidan olib qochilgan Nexia-3 Andijondan topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)