Daryo

Farg‘onada “moyka” xodimi Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rgani borish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish53 072 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Farg‘onada “moyka” xodimi Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rgani borish uchun o‘zganing Lacetti’sini minib qochdi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 15-mart kuni Farg‘onadan olib qochilgan mashina 16-mart kuni Jizzaxda topilgan. Lacetti egasi o‘z mashinasini Buvayda tumanidagi “Uzun” mahallasida joylashgan avtomobil yuvish shoxobchasiga tashlab ketgan.

2002-yilda tug‘ilgan “avtomoyka” ishchisi esa Jizzaxdagi sevgan qizini ko‘rish uchun mashinani minib qochgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda ijarachi yigit o‘zi yashab kelgan xonadon egasining mashinasini olib qochib, YTHga uchragani, shuningdek, Sergelida “moyka” ishchisi o‘ziga topshirilgan Nexia’ni yo‘lga haydab chiqib, avariya sodir etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samarqandda yuvishga qoldirilgan Gentra’ni olib qochgan “moyka” xodimi ushlandi. U 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar