Junya Ito o‘zini jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan ikki ayol ustidan sudga murojaat qildi. The Japan Times xabariga ko‘ra, yaponiyalik va “Reyms” yarim himoyachisi dushanba kuni Osaka okrug sudiga 202 million iyena (taxminan 1,25 million yevro) tovon puli talab qilib da’vo arizasini kiritgan.
Futbolchi tomonining ta’kidlashicha, ayollar unga (va uning murabbiyiga) nisbatan yolg‘on ayblovlar qo‘ygan, buning natijasida homiylar 30 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan. Ito moliyaviy tovon talab qilmoqda.
“Ayollar g‘arazli maqsad bilan ariza kiritgan: ular Osiyo Kubogi vaqtida Itoga xalaqit berish uchun bu ishni qilgan”, — dedi futbolchining advokatlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, Daily Shincho nashri futbolchi 2023-yil yanvar oyida Peruga qarshi uchrashuvdan so‘ng Osakadagi mehmonxonada mast holatda ayollar bilan jinsiy aloqa qilgani haqida xabar qilgan edi. Shikoyat arizasi esa Osiyo Chempionati davom etayotgan paytda kiritilgan. Shundan so‘ng futbolchining ruhiy va jismoniy holati yomonlashgani vaji bilan milliy jamoani tark etgan edi.
Izoh (0)