Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
“3 yildirki O‘zbekiston eng ommaviy sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarini qabul qilib kelmoqda. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib, mamlakatimiz baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligiga mezbonlik qiladi”, — deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
23-25-avgust kunlari Samarqandda mazkur sport turi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.
Bahslar Markaziy Osiyoda yagona eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashadi.
Izoh (0)