Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak final bahsida Namanganning “Navbahor” jamoasi 15-fevral, payshanba kuni “Al-Ittihod”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham ikkala jamoa ehtiyotkorroq harakat qildi. Shu tariqa, 90 daqiqa davomida darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
G‘olib nomi esa Saudiya kechadigan javob uchrashuvida aniqlanadi.
Jamoalar bir haftadan so‘ng, 22-fevral sanasida javob o‘yinida ishtirok etadi.
OCHL
1/8 final bahsi
15-fevral, payshanba
“Navbahor” – “Al-Ittihod” 0:0
“Navbahor”: Yusupov, Ivanovich, Jokich, Sayfiyev, Hamrobekov, Iskanderov (Haqnazari, 78), Ismoilov, Sobirjonov, Boltaboyev, Tabatadze (Nikabadze, 78), Jiyanov.
“Al-Ittihod”: Al-Mayuf, Al-Skurk, Hegazi, Kadesh, Al-Olayyan, Kante, Fabinyo, Al-Gamdi, Al-Sahafi (Al Gamdi, 57), Romarinyo (Al-Jamaan, 74), Hamdalla.
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (11), Al-Skurk (53), Nikabadze (79).
Izoh (0)