Xorazmda 31 tup daraxt nobud qilgan yana bir fermer tabiatga 199 million 240 ming so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Xorazm viloyati prokuraturasi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida aniqlangan. Qo‘shko‘pir tumani “Paxtakor” mahallasida joylashgan “Q.T.” fermer xo‘jaligiga qarashli dala maydonlarida tabiiy holda o‘sib turgan, biologik sog‘lom 31 tup turong‘il va jiyda daraxtlari noqonuniy ravishda qo‘porib olinib, nobud qilingan.
Buning natijasida tabiatga 199 million 240 ming so‘m zarar yetkazilgan. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘lgani uchun “Q.T.” fermer xo‘jaligi rahbari X.Q.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Izoh (0)