Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga moslashgan holda boshqarish” loyihasi doirasida 2023—2026-yillarda kanalning 25,1 km qismini betonlash rejalashtirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu kanalda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishgan. Ekin maydonlardagi sug‘orish tadbirlarini kechiktirmaslik maqsadida, qisqa muddatda foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda kanaldan suv berish grafigini ishlab chiqish hamda betonlash ishlarini sifatli amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
“Bobotog‘” kanali orqali Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanida yetishtirilayotgan 5 908 gektar g‘alla maydoni sug‘oriladi.
Hokim tumanlarga tashrifi davomida 2024-yil hosili uchun g‘alla va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish ishlari bilan ham tanishgan. Ob-havoning nisbatan iliqligi maysalarga turli kasalliklar tushishiga sabab bo‘lishini inobatga olib, profilaktika ishlarini sifatli bajarish, o‘g‘itlash, sug‘orish tadbirlarini muddatlarida olib borish topshirilgan.
Izoh (0)