Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 9-fevral — Alisher Navoiy tavallud kunida diskoteka uyushtirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Universitet matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, aslida ushbu tadbir tashkilotchisi Yakkasaroy tuman hokimligi bo‘lib, universitet oldidagi maydonda (universitet hududida emas) “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida shou-konsert dasturi o‘tkazilgan. Ushbu konsert haqida universitetning biror rasmiy sahifasida e’lon ham, xabar ham berilmagan.
Izoh (0)