• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizni talabalar yotoqxonasidan majburan chiqarishyapti” — O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyati instituti rahbariyati vaziyatga izoh berdi (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining 4-bosqich talabalari dekanat ularni institut yotoqxonasidan haydayotgani haqida murojaat bilan chiqishdi.

    Murojaatda ular yotoqxona bilan bir yilga shartnoma tuzishgani, to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashganini taʼkidlagan.

    “Bizning sharoitimizni tushunishmayapti. Bizni qiziqtirmaydi deb, ko‘chaga haydashyapti. Biz nima qilaylik? Yotoqxonaga ishonib, sharoitimizni to‘g‘rilaganmiz. Kechadan beri tinchlik yo‘q. Yotoqxonada turli viloyatlardan kelgan talabalar yashaydi.

    Qiz bola boshimiz bilan ertaga qayoqqa boramiz? Hamma narsa hal bo‘lgan, amaliyot joyimiz shu yerda, — deyiladi murojaatda.

    Xo‘sh, aslida, vaziyat qanday? Masalani o‘rganish uchun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Umarova talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurdi. O‘rganish va surishtiruv ishlari olib borildi.

    Foto: “Daryo”

    Talabalar noroziligiga sabab bo‘layotgan omillar nima? Ular haqmi yoki masalani bir tomonlama ochiqlashyaptimi? Bu savolga O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov quyidagicha javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    — Institutimizda ikkita talabalar turar joyi mavjud. Ularning umumiy sig‘imi 770 ta bo‘lib, yarmidan ko‘prog‘ini qizlar tashkil etadi. Bu yil hisobi bo‘yicha 97 nafar yuqori kurs talabalari istiqomat qilishyapti. O‘quv dasturida belgilanganidek, bitiruvchi talabalar 5-fevraldan 11-mayga qadar amaliyot o‘tashlari kerak. Talabalarning 46 nafari doimiy yashash hududlari bo‘lgan muassasalarda amaliyot o‘tashlari belgilangan. Biz o‘quv yili boshida joy yetmagani uchun talabalar yotoqxonasiga joylasholmagan va qimmat narxda ijara uyda qiynalib yashayotgan birinchi kurs talabalarini yotoqxonaga joylashtirishni rejalashtirgandik. Ammo viloyatlarda amaliyot o‘tashi kerak bo‘lgan talabalarning aksariyati Toshkentdan ketishni istamay, yotoqxonadagi o‘rnini ham bo‘shatmagan.

    Amaliyot o‘tkazilishidan maqsad talaba uch oy davomida tajriba orttirishi belgilangan. Agar talaba amaliyotga borishni istamay, Toshkentda boshqa ishlar bilan shug‘ullanib yursa, oqibati qanday bo‘ladi?

    Bundan tashqari, o‘sha talabalarning ko‘pchiligi yotoqxona uchun to‘lovlarni ham amalga oshirmagan. Belgilangan qaror bo‘yicha yotoqxonaga joylashish 200 ming so‘m etib belgilangan. Afsuski, ularning 80 foizi dekabr, yanvar oyi uchun ham to‘lovlarni amalga oshirmagan. Qo‘shimchasiga, belgilangan tartibda amaliyotni ham o‘tashni istashmayapti. Rahbariyat tomonidan tushuntirish ishlari olib borilganida “Bizni talabalar yotoqxonasidan majburan chiqarishyapti”, degan postlar joylashgan, — deydi Eldor Shermanov.

    Jamoatchilik vakillari orasida talabalar moddiy jihatdan qiynalayotgani uchun to‘lovlarni amalga oshirolmayotgandir, degan eʼtirozlar ham bo‘ldi. Bu savolga Eldor Shermanov quyidagicha javob berdi.

    — Agar Toshkent shahridagi ijara narxi bilan solishtiradigan bo‘lsak, talabalar yotoqxonasida yashash ancha arzon. Qonunda talabalar yotoqxonasining bir oylik to‘lovi 200 ming so‘m etib belgilangan. Ota-onalar bilan suhbatlashsak, pulni oldindan berib yuborishganini aytishadi. Ammo farzandlari uni boshqa xarajatlariga ishlatib, yotoqxonaga pul to‘lashmaydi.

    Agar talabaning amaliyoti Toshkentda bo‘lsa, uning yotoqxonada qolishiga hech kim qarshi emas. Ammo amaliyotga bormay, tajriba orttirmay, uch oydan oshiqroq behuda vaqtini o‘tkazishi yaxshi emas, — deydi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov.

    09.02.2024, 14:55   Izoh (0)   8717
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda talabalar uchun haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash tartibi belgilandi 

    09.01.2024, 19:43

    O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va mudofaa tizimidagi xodimlarning 27 foizdan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etmoqda

    21.01.2024, 21:35

    O‘zbekistonda 2023-yilda qancha ta’lim krediti ajratilgani ochiqlandi

    01.02.2024, 22:20

    O‘zbekistonda hukumat vakolatlari kengaytirilmoqda

    09.02.2024, 14:30

    Toshkent viloyatida ikkita issiqxona 577 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    09.02.2024, 14:20

    Xitoyning eng yirik energo kompaniyalari qanday ishlaydi?

    09.02.2024, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.