Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani tog‘li Chimyon massivida kuchli qor yog‘moqda. Bu haqda iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov xabar bermoqda.
Avvalroq Qamchiq dovonida qor yog‘a boshlagani haqida xabar berilgan edi.
“Yo‘llarda ko‘rish darajasi 900 metrni, shamol 3—7 metr/sekundni, havo harorati +1 darajani tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta‘minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda, — deydi bu haqda xabar bergan mas’ul.
“O‘zgidromet” 8-dekabr, juma kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi mumkinini aytgandi. Unga ko‘ra, Toshkentda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-15 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Ayni vaqtda Navoiy viloyati Konimex tumanida ham qor yog‘a boshlagan.
Izoh (0)