Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining yarim finalida Iordaniya terma jamoasi 6-fevral, seshanba kuni Janubiy Koreya qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limni esa iordaniyaliklar faolroq boshladi va hisobni ochdi. 53-daqiqada Yazan al-Naimat o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shundan keyin ham Iordaniya himoyaviy futbolni tanlamadi va yana hujum qilishda davom etdi. 66-daqiqaga kelib, Iordaniya hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bu safar Musa al-Taamari gol muallifiga aylandi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Iordaniya 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Ikkinchi yarim finalda Eron va Qatar o‘zaro bahs olib boradi. Ular o‘rtasidagi uchrashuv 7-fevral kuni 20:00 da start oladi.
Osiyo Kubogi
Yarim final
6-fevral, seshanba
Iordaniya — Janubiy Koreya 2:0
Gollar: 1:0 – 53 Al-Naimat, 2:0 – 66 Al-Taamari.
Izoh (0)