Osiyo futbol konfederatsiyasi talqiniga ko‘ra Osiyo Kubogi musobaqasining chorak final o‘yinlarining ramziy jamoasi e’lon qilindi.
Tarkibdan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odiljon Hamrobekov o‘rin oldi. Odiljon Qatarga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi.
Darvozabon: Meshaal Barsham (Qatar);
Himoyachilar: Abdulloh Nasib (Iordaniya), Lukas Mendes (Qatar). Seol Yong Vu (Janubiy Koreya);
Yarim himoyachilar: Alirizo Jahonbaxsh (Eron). Hidemasa Morita (Yaponiya), Muhammad Mohebi (Eron), Odiljon Hamrobekov (O‘zbekiston).
Hujumchilar: Son Hyon Min (Janubiy Koreya), Sardor Azmun (Eron), Kreyg Gudvin.
Izoh (0)