“Tolibon” kon va neft vazirining o‘g‘li Mo‘g‘furulloh Shahob O‘zbekistonga elchi etib tayinlandi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
Bu “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzodaning amaldorlarga qarindoshlarini davlat muassasalariga ishga olishni taqiqlaganiga qaramay amalga oshdi. Afg‘onistonning avvalgi hukumatining Toshkentdagi elchisi Ahmad Xolid Elimiy o‘rniga Mo‘g‘furulloh Shahob tayinlangan. Elimiy ikki yarim yildan ortiq vaqt davomida “Tolibon” Tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida ishlagan.
Qayd etish kerakki, “Tolibon” bundan avval Xitoyga elchisini tayinlagan edi, O‘zbekiston esa Afg‘oniston muvaqqat hukumati o‘z elchisini tayinlagan ikkinchi davlat bo‘ldi. 2023-yil sentyabr oyida Xitoy hukumati ham “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng dunyoda birinchi bo‘lib Kobulga o‘z elchisini tayinlagan edi.
Izoh (0)