O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov “Tolibon” mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashgani xabar qilingandi. Etilaatroz uchrashuvning qo‘shimcha tafsilotlarni yozdi.
Uchrashuvda Muhammad Yoqub “o‘tgan yillarda mamlakat chegaralarida ko‘p ishlar amalga oshirilgani va kelgusida chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha ko‘proq ishlarni amalga oshirishga ahd qilingani” haqida gapirdi.
“Tolibon” rasmiysi Azizovni “Tolibon” kuchlari Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning rivojlanish loyihalari xavfsizligini taʼminlashiga ishontirgan.
Shuningdek, “Tolibon” Mudofaa vazirligi O‘zbekiston bilan turli sohalarda aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni davom ettirish niyatini tasdiqlagan.
Shu bilan birga, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazoratni tiklaganidan keyin qo‘shni davlatlar, jumladan, Eron va Pokiston chegara kuchlari bilan bir necha bor to‘qnashdi.
Boshqa tomondan, Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlar u yerdan terrorchi guruhlarning kirib kelishidan xavotirda. Afg‘onistonga qo‘shni qator davlatlar, jumladan, Pokiston va Tojikiston ushbu mamlakatdan kirib kelgan terrorchilarni hibsga olgani yoki o‘ldirganini bir necha bor da’vo qilgan.
Izoh (0)