Toshkent shahridagi bog‘chalarning birida tarbiyachi bolaga “tapochka” uloqtirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat bo‘yicha izoh berdi.
Unga ko‘ra, so‘nggi paytlarda turli ta’lim muassasalarida bolalarga qo‘pol muomala yoki ozor berilishi oqibatida ularga turli darajadagi jarohat yoki emotsional-psixologik ta’sir ko‘rsatish faktlari uchramoqda.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlarining bunday tarzda buzilishi holatlariga mutlaqo murosasiz bo‘lib, tarbiyachi va pedagoglar o‘zining birlamchi vazifasi, ya’ni bolaga ta’lim va tarbiya berishga zid ravishda bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazishi - yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat, deb hisoblaydi.
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 255-maktabgacha ta’lim muassasasida voyaga yetmagan A.S. ga nisbatan bo‘lgan holat bolaning onasi bilan bog‘langan holda Bolalar ombudsmani va Ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilmoqda. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilgan.
Izoh (0)