Toshkent shahridagi qurilish obyektidan yiqilgan quruvchi yigit vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Maʼlum bo‘lishicha, holat poytaxtdagi qurilish obyektlarining birida yuz bergan. Bemor shifoxonaga olib kelingach darhol jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Operatsiya ikki soat davom etgan.
Bugun shifoxonamizga 27 yoshli bemor tez tibbiy yordam mashinasida og‘ir ahvolda olib kelingan. Yaqinlarining va tez tibbiy yordam shifokorining so‘zlariga qaraganda, bemor ko‘p qavatli binoning yuqori qavatidan baxtsiz hodisa tufayli yiqilib tushgan. Operatsiya davomida uning ko‘krak qafasida va qorin bo‘shlig‘i aʼzolarida shikastlanishlar, qovurg‘alar va tos suyagi sinishi aniqlandi”, — deydi jarroh.
Operatsiya yakunlangach bemor tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Izoh (0)