Yevropa komissiyasi vitse prezidenti Margaritis Sxinas 16-yanvar kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi, deya xabar bermoqda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida u prezident Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
“Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohatni boshlayman. Tashrif 29—30-yanvar kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa — Markaziy Osiyo” investorlar forumi oldidan bo‘lib o‘tadi hamda Yevropa ittifoqi va mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi”, — degan Margaritis Sxinas ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga so‘nggi marta 2021-yilning noyabr oyida kelgandi.
Izoh (0)