O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov sobiq jamoasi “Jenoa”ga qaytishi mumkin.
“RomaPress” jurnalist Janluka di Marsioga tayanib ma’lum qilishicha, genuyaliklar Eldorni ortga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shomurodov jamoaning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda “Kalyari”da ijara asosida to‘p surayotgan Eldor jarohati sababli Osiyo Kubogini o‘tkazib yubormoqda.
Italiyadagi faoliyati davomida “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” sharafini himoya qilgan Eldor joriy mavsum sardiniyaliklar safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)