Toshkent viloyati Bo‘ka tumanining hokimi Nizomiddin Abbosov sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
![](/static/2024/01/16/bh-gw1c-rKs.jpg)
Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich Xalq deputatlari Bo‘ka tumani kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. Baxtiyor Begmatov 1976-yili Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, 1998-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2001-yil Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U faoliyati davomida Nurafshon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)