Internet foydalanuvchilari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi nomidan yolg‘on xabarnomalar jo‘natilayotganidan ogohlantirildi.
Xabar berilishicha, internet tarmoqlaridagi ayrim resurslar ma’murlariga anonim foydalanuvchilar tomonidan Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi nomidan yolg‘on xabarnomalar jo‘natilayotgani kuzatilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 707-son qaroriga muvofiq, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz tomonidan axborot sohasida qonunbuzilish holati aniqlangan taqdirda resurs ma’muriga mazkur axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.
Bunda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazning faqatgina quyidagi rasmiy akkauntlaridan foydalaniladi:
- Telegram’da: https://t.me/okmbm
- Facebook’da: https://www.facebook.com/okmbm.admin
- Instagram’da: https://www.instagram.com/okmbm_uz/
Shuningdek, xabarnomaning haqiqiyligini unda qayd etilgan QR-kod yoki Telegram messenjeridagi @xabarnoma_okmbm_bot orqali aniqlash mumkin.
Izoh (0)